Tundan tonggacha — poster

Tundan tonggacha (2010)

Umidjon va Zilola uchrashuvga chiqishadi. Ikkovi bir-birini yoqtirib qolib, turmush qurishadi. To‘ydan so‘ng, Zilola homilador bo‘lib, koka-kola ichimligiga boshqorong‘i bo‘ladi. Bir kuni homilador Zilola tush ko‘rib, tushida daraxtda koka-kola va banan pishib turganini ko‘radi. So‘ng, uyg‘onib, darrov banan yegisi kelib qoladi. Аmmo, xolodilьnikdagi bananni qaynotasi yeb qo‘yadi. Shundan so‘ng, Zilola Umidjonni kechasi banan olib kelishga ko‘ndiradi. Umidjon banan qidirib ko‘chaga chiqib ketadi va tonggacha turli ziddiyatli voqealarga duch keladi. Umidjon tonggacha banan topib kela oladimi? U yo‘qligida uyida qanday hodisalar sodir bo‘ladi?

«Tundan tonggacha» — 2010-yilda suratga olingan «komediya» janridagi o‘zbek tilidagi film. Rejissyor — Jahongir Ahmedov. Asosiy rollarda: Alisher Uzoqov, Shaxzoda Muxammedova, Muhammad Iso Abdulhairov, Lola Eltoyeva. Davomiyligi — 93 daqiqa. Uni DezoMax’da bepul va ro‘yxatdan o‘tmasdan ko‘ring — video «UzbekFilmsHD» rasmiy kanalida joylangan: kompyuterda, telefonda va televizorda.

Turi
Film
Yili
2010
Janr
Komediya
Davlat
O‘zbekiston
Davomiyligi
93 daqiqa
Rejissyor
Jahongir Ahmedov
Rollarda
Alisher Uzoqov, Shaxzoda Muxammedova, Muhammad Iso Abdulhairov, Lola Eltoyeva, Jumadulla Rametov, Shohida Uzoqova, Umid Shodmonov, Alisher Otaboyev
Til
O‘zbek tilida
Manba
UzbekFilmsHD
Onlayn ko‘rish

O‘xshash kinolar