Uyga yo‘l
Qishloq chetidagi yolg‘iz kulbada yashovchi ovchi hayoti og‘ir sinovlarga boy. Uning suyukli rafiqasi Nafisa kutilmaganda og‘ir xastalikka chalinadi. Nafisaning akalari badavlat, obro‘li insonlar bo‘lsa-da, eski adovat va g‘urur sababli singillariga yordam qo‘lini cho‘zmaydi. Taqdir shafqatsiz hukmini chiqaradi - Nafisa olamdan ko‘z yumadi.Shundan so‘ng ovchi uch nafar farzandiga ham ota, ham ona bo‘lib qoladi. Uning qalbini iztirob, yolg‘izlik va mas’uliyat bosadi. Ammo dardlar bu bilan tugamaydi - Nafisaning akalari ovchini tinch qo‘ymaydi, uni tahqirlaydi, bosim o‘tkazadi. Bir kuni ovchi katta o‘g‘lini tog‘dagi otlarni olib kelish uchun yuboradi. Tog‘lar bag‘rida esa xavf poylab turardi -
«Uyga yo‘l» — «drama» janridagi o‘zbek tilidagi film. Rejissyor — Bahtiyor Poyonov. Asosiy rollarda: Bahtiyor Poyonov, Feruza Saidova, Mirjamol Boyqobilov, Muhammadali Qodirov. Davomiyligi — 57 daqiqa. Uni DezoMax’da bepul va ro‘yxatdan o‘tmasdan ko‘ring — video «UzbekFilmsHD» rasmiy kanalida joylangan: kompyuterda, telefonda va televizorda.
- Turi
- Film
- Janr
- Drama
- Davlat
- O‘zbekiston
- Davomiyligi
- 57 daqiqa
- Rejissyor
- Bahtiyor Poyonov
- Rollarda
- Bahtiyor Poyonov, Feruza Saidova, Mirjamol Boyqobilov, Muhammadali Qodirov, Amina Qodirova
- Til
- O‘zbek tilida
- Manba
- UzbekFilmsHD